Yangiariq tumani Oqmachit mahallasida viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida kuz–qish mavsumida aholini suyultirilgan gaz va ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Aholi bilan yuzma-yuz muloqot davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.
Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan bu ishlarning maqsadi — har bir xonadon issiq, yorug‘ va farovon bo‘lishini ta’minlashdir.