Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

2025-yil 22–23-avgust kunlari deputat S. Ikromov faoliyat yuritayotgan hududda ishchi hodimlari bilan birgalikda umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi.

Hashar doirasida ko‘plab obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi: ko‘chalar tozalanib, chiqindilar tashib chiqarildi, ariqlarga ishlov berilib, oqova suvlar yo‘llari ochildi. Hududda yashil maydonlarga parvarish ishlari olib borildi.

Deputat S. Ikromov ishchi hodimlar bilan bir safda ishlashi orqali nafaqat obodonlashtirish jarayoniga bevosita hissa qo‘shdi, balki fuqarolarni ham birdamlikka, hamjihatlikka undadi. Ayniqsa, hasharda yoshlardan tortib, nuroniylargacha faol qatnashgani tadbirni haqiqiy hamjihatlik bayramiga aylantirdi.

Hashar yakunida hudud yanada chiroyli va ozoda tus oldi.

Slide 1 of 3