Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n sakkizinchi sessiyasi 6-oktabr kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n sakkizinchi sessiyasi 6-oktabr kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi. 

 

Sessiya ishini Kengash raisi Sh.Negmatov olib bordi. Sessiya ishida bi qator masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

- viloyatda 2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat hokimining o‘rinbosari N.Raxmonovning hisoboti;

-viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i A.Nosirovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisoboti;

- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash toʼgʼrisida.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 8