Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun" chora-tadbirlari doirasida, Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bo‘ston tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Matlubaxon Tuychiyeva ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
MAHALLA — DAVLAT VA XALQ O‘RTASIDAGI MUHIM KO‘PRIK

MAHALLA — DAVLAT VA XALQ O‘RTASIDAGI MUHIM KO‘PRIK

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalla institutini yanada takomillashtirish, uni xalq bilan davlat o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar — mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mahalla — xalqqa eng yaqin, uning dardini, muammosini birinchi bo‘lib eshitadigan va yechim topishga harakat qiladigan tuzilmadir. Shu bois, mahallaning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, uni zamonaviy fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Yig‘ilishda mahalla raislarining mas’uliyatini oshirish, tahlil va rejalashtirish asosida ish yuritish, aholi muammolarini “mahallada hal qilish” tizimini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy nafaqalar, yordam pulilarini adolatli taqsimlash kabi muhim yo‘nalishlar belgilandi. Shuningdek, mahalla tizimida ishlayotgan kadrlarni tanlash, qayta tayyorlash va ularning faoliyatini baholash mexanizmlari ham yangicha yondashuv asosida shakllantiriladi.

Deputat sifatida ayta olamanki, mahalla tizimi faoliyatini qonunchilik jihatdan yanada mustahkamlash, huquqiy asoslarini takomillashtirish, joylarda hal qilinmayotgan muammolarni oliy tribunada ko‘tarib chiqish — bugun biz deputatlarning zimmasidagi muhim vazifalardandir.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun mahalla faoliyatini kuchaytirish, uni aniq vazifalar, ish uslubi va javobgarlik asosida qayta tashkil etish orqali biz xalq farovonligi yo‘lida yanada samarali natijalarga erishamiz.

МАХАЛЛЯ — ВАЖНЫЙ МОСТ МЕЖДУ ГОСУДАРСТВОМ И НАРОДОМ

Недавно под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева было проведено видеоселекторное совещание, на котором всесторонне обсуждены вопросы дальнейшего совершенствования института махалли и укрепления его роли как важного звена, соединяющего государство и народ. Приоритетные задачи, обозначенные на совещании, по праву можно назвать началом нового этапа социальных реформ, проводимых в нашей стране.

Как подчеркнул Президент, махалля — это структура, находящаяся ближе всех к народу, первой слышащая его боль и проблемы и стремящаяся найти их решение. Поэтому усиление роли и влияния махалли в системе государственного управления, превращение её в ключевой институт современного гражданского общества является одной из актуальных задач сегодняшнего дня.

На совещании были определены такие важные направления, как повышение ответственности председателей махаллей, организация работы на основе анализа и планирования, внедрение системы решения проблем населения на уровне самой махалли, справедливое распределение социальных пособий и материальной помощи. Кроме того, будут разработаны новые подходы к отбору, переподготовке и оценке деятельности кадров, работающих в системе махалли.

Как депутат, я могу с уверенностью сказать, что дальнейшее укрепление правовых основ деятельности системы махалли, совершенствование законодательной базы, а также поднимание на высокий уровень нерешённых на местах проблем — являются сегодня одними из важнейших задач, возложенных на нас, депутатов.

Для прогресса Нового Узбекистана усиление деятельности махаллей, их реорганизация на основе чётко определённых задач, методов работы и ответственности позволит добиться ещё более эффективных результатов на пути к благополучию народа.

Депутат Навоийского городского Кенгаша народных депутатов   Полешук Наталья Валерьевна

Slide 1 of 1