Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun" chora-tadbirlari doirasida, Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bo‘ston tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Matlubaxon Tuychiyeva ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“Ma’naviyat va bilim-korrupsiyaga qarshi qo‘ldagi qurol”

 Bugungi kunda butun jahonda korrupsiya murakkab ijtimoiy illat sifatida jamiyatning rivojiga
to‘siq bo‘layotgan asosiy omillardan biriga aylangan. Bu illatning oqibatida davlat tizimlari, ishonch,
adolat va rivojlanish asoslari yemiriladi. Ammo korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat qonunlar va jazo choralari orqali, balki ma’naviy tarbiya va bilim orqali ham samarali tarzda olib borilishi mumkin. Chunki, bilimli va
ma’naviyatli inson poraga emas, insof va vijdonga tayanadi. Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, ishonchsizlik va munofiqlik muhitini vujudga keltiradi. Ma’naviyat – insonning ichki tarbiyasi, o‘zini nazorat qilish qobiliyati va jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglashidir. Faqat individual tarbiya emas, jamiyat muhiti ham muhim. Agar atrofda korrupsiya "me’yor" sifatida qabul qilinsa, yoshlar ham shu yo‘lni to‘g‘ri deb o‘ylaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo, tekshiruv va qonunlar bilan emas, balki ma’naviyat va bilim orqali samarali amalga oshadi. Belgilangan rejaga asosan "Gʻozicheki", Qo‘rtqi MFYlarida, A. Temur, OSHP, 35- maktab, 48-maktab va
1-DIM jamoalarida, "Andijon suv ta’minoti" MCHJ Jalaquduq tuman filialida Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari belgilangan reja grafik asosida I.Jo‘rayev, E.Qurbonov, B.Bazarova, O.Xolmurodova, Z.Gʻofurovalar tomonidan belgilangan xududlarida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.  

Slide 1 of 9