Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2025-yil 27-avgust kungi VII-11-121-1-19-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi tomonidan aholi punktlarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash, qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish, zararsizlantirish va izolyasiyalash (ko‘mish) uchun mo‘ljallangan hamda atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishidan himoya qilinishini ta'minlovchi, kemiruvchilar, hasharotlar va kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar ko‘payishining oldini oluvchi kompleks inshoot (chiqindixona)da sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenalariga amal qilish bo‘yicha olib borilayotgan rejali va tizimli ishlar tuman Kengashi deputati A.Jo‘rayev tomonidan nazorat tartibida o‘rganildi.