Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy Kengashning 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan 2025-yil 4-avgustda qo‘shma qaror qabul qilingan.

 Mazkur qarorga muvofiq, Kengashning korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi har oyda tuman hududidagi davlat muassasalari, korxona va tashkilotlarda korrupsiyani oldini olish yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib borishi belgilangan.

 Tumanimizda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida Payariq tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish amalga oshirildi. Unda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati N. Nurmatova, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov, kotibiyat mudiri J. Axunov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.


 

Slide 1 of 4