Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
“Tashabbusli byudjet” – deputatlar nazoratida

 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Bekobod shahrida “Tashabbusli byudjet”ning 2025-yil 1-mavsumida 1 ta xarid va 11 ta qurilish-ta’mirlash ishlari, jami 12 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputatlari X.Ibragimova, U.Abdunazarov tomonidan loyiha doirasida g‘olib deb topilgan bir qator ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Jumladan, 9 va 11-son MTT, “Yoshlik” sport majmuasi va “Yoshlar markazi”da amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan kerakli mablag‘lar “Buyurtmachi” tashkilotga to‘liq o‘tkazib berilganligi, “Bajaruvchi” tashkilotlar bilan amaldagi tartib asosida loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanganligi hamda ishlar olib borilayotganligi ko‘zdan kechirildi. Qurilish-ta’mirlash ishlari jarayonida Tashabbuskor tomonidan, shuningdek, jamoatchilik nazoratini olib borish qurilish-ta’mirlash ishlarini tez va sifatli bajarilishini ta’minlanishi,
loyiha hujjatlari tayyorlanayotgan vaqtda har bir bajariladigan ish aniq belgilanib olinishi yana bir bora tushuntirildi.
  

Slide 1 of 6