Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Dexkonova Fotima Jonuzok qizi tomonidan Toshxovuz maxallasi aholi muammo va takliflari o'rganildi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda okruglar saylovchilari o‘zlari yashayotgan hududlardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, shahar va tumanlar Kengashlariga munosib deputatlarni saylab olishdi. Endilikda mazkur saylangan deputatlarning oldida o‘zlari saylangan mahalla va qishloqlarda yashayotgan aholining roziligiga erishish, ularning dard-u muammolarini eshitish va ularni hal etish vazifasi turibdi.