Joriy yilning 15-fevral kuni Bo‘ka tumani “Qo‘ldoshtepa” MFY hududida joylashgan 20-umumtaʼlim maktabida tuman hokimining o‘rinbosarlari
O.Djuraev, Z.Mannopova, deputatlar A.Abdurazzoqov, J.O‘rinov,TIIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori G.Kalimulinalar ishtirokida ota-onalar va katta sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yuqori sinf o‘quvchilarini taʼlimga to‘liq jalb etish, muntazam ravishda dars qoldiruvchi o‘quvchilar ota-onalariga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Bundan tashqari, erta turmush qurish, erta tug‘ruq va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni salbiy oqibalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.