Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputati Ziyoda Tursunova “Gala” MFYdagi o‘zini-o‘zi band qilgan xotin-qizlar va tadbirkor-kasanachi xotin-qizlar bilan uchrashdi.
Ziyoda Tursunova mahallada ishsiz, lekin xunarmand xotin-qizlarni o‘zini-o‘zi band qilish orqali oilasiga qo‘shimcha daromad keltirayotgan xotin qizlar bilan suhbatlashdi, ularga yanada keng berilayotgan
imkoniyatlar bugungi kunda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ularni daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar bilan tanishtirdi.
Ziyoda Tursunova xotin-qizlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.