Joriy yilning 12-fevral kuni Bo‘ka tumanidagi 19-musiqa maktabida, tumandagi 7,16,24,25,35,44,49,54-maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi deputatlari A.Nishonov, D. Po‘latovlar hayʼat aʼzolari sifatida ishtirok etishdi.
Tanlov so‘ngida faol o'quvchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari berildi.