35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Eshon qal’a mahallasining Yakkasaroy ko‘chasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan B.Yu. oilasining ijtimoiy va maishiy holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida oilaning yashash sharoiti, mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda bandligini ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, oilaga amaliy yordam ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
📍 Manzil: Eshon qal’a mahallasi, Yakkasaroy ko‘chasi.