35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏛 Ijtimoiy reyestrdagi ishsiz fuqaroning bandligi o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Eshon qal’a mahallasida ijtimoiy reyestrda ishsiz fuqaro sifatida qayd etilgan fuqaroning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
💼 O‘rganish davomida mazkur fuqaroga hokim yordamchisi tomonidan imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgani hamda ushbu mablag‘ evaziga fuqaro o‘z sartaroshxonasini tashkil etib, faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.
📍 Fuqaro Eshon qal’a mahallasi, Iftixor ko‘chasi, 32-uyda istiqomat qiladi.
🤝 Mazkur holat orqali ijtimoiy reyestrga kiritilgan ishsiz fuqaroni bandligini ta’minlash va uning daromad manbasini yaratishga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.