35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kambag‘allikdan chiqarish — e’tibor va amaliy yondashuvni talab etadi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N.Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Zarafshon mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — har bir xonadonning daromadini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarishdir.

Slide 1 of 3