Andijon shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Bilimlar kuni” va an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi E.Karimov ishtirok etdi.
Tadbir davomida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning Andijonlik o‘quvchi va o‘qituvchilarga yo‘llagan videomurojaati va tabrigi namoyish etildi.
Shuningdek, barcha Andijonlik o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga yangi bilimlar, ulkan yutuqlar va yorqin marralar olib kelsin!