35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Bilimlar kuni — yangi orzular va katta marralar sari ilk qadam!

Chilonzor tumanidagi 128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna ishtirok etdi.
🎓 Ayniqsa, bu kun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun unutilmas va hayajonli bo‘ldi. Kichik jajji o‘quvchilar uchun maktab hayoti, yangi bilimlar va yangi do‘stlar sari ilk sahifa ochildi.
Mahmudova Donoxon Artikovna barcha o‘quvchilar, ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qo‘ygan jajji bilimdonlarni, shuningdek, ustoz va murabbiylarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
Ularga mustahkam sog‘lik, a’lo baholar, katta yutuqlar va bilim olish yo‘lida omad tiladi. Yosh avlodning kelajagi, ta’lim-tarbiyasi va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi muhim ekanini ta’kidladi.

Bilim — kelajak poydevori! 

Slide 1 of 6