24 talik yo‘nalish bo‘yicha Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 14 avgust kuni 1-Bobur saylov okrugidan saylangan deputat D.Po‘latov, 1-Bobur saylov okrugida joylashgan tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i S.Atadjonov bilan hududdagi madaniyat muassasalari holatini o‘rgandi.
O‘rganishda Madaniyat bo‘limida barcha sharoitlar mavjud bo‘lib, madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan "Yagona vatan, Yagona Xalq bo‘lib, yangi xayot va kelajak yaratyamiz" shiori ostida Mustaqilligimizni 35 yilligi munosabati bilan tumandagi 38
mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mustaqillik to‘yi" festivalida bayram tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.