Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalliy demokratiyaning muhim instituti 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-350-son) fuqarolar yig‘inlarining faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatlari hamda aholi manfaatlarini ifoda etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📌Mazkur qonunga muvofiq, fuqarolar yig‘inlari hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda, aholi murojaatlari bilan ishlashda, oila va mahalla institutini mustahkamlashda hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
👥Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari mahallalar bilan hamkorlikda hududlarni rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasida faol ishtirok etadilar.
Bizni kuzatishda davom eting!