Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova Iqbolxon Qutbiddinova tomonidan “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Bilur” mahallasi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati o‘rganildi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida mahalla hududini yanada fayzli va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi uchun ozoda va qulay muhit yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
🌿Hududdagi umumiy foydalanish joylarini tartibga keltirish, tozalikni ta’minlash, yashil maydonlarni obod qilish hamda mahalla qiyofasini yanada chiroyli ko‘rinishga keltirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✨Obod mahalla — farovon hayot va aholi uchun munosib sharoit garovidir.
Bizni kuzatishda davom eting!