📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Vapaeva Yorqinoy Matyakubovna navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.
🏫 Deputat tumandagi 204-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📉 Sinf xonalarida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, ular bilan dildan suhbatlashdi.
✅Bolalarning ta’til davomida ham bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari, sport va san’at bilan shug‘ullanishlari uchun to‘garaklar tashkil etgan fidoyi ustozlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.