24 talik yo‘nalishdagi ko‘p qavatli uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar holati o‘rganildi.
Joriy yilning 5 avgust kuni 5-Madaniyat saylov okrugidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Nishonov, Bo‘ka tuman hokimligi qurilish va uy-joy komunal bo‘limi boshlig‘i D.Usmonov, Madaniyat MFY ijtimoiy xodimi X.Maxammatova va Toshvilsuvta’minot MCHJ Bo‘ka filiali raxbari E.Xamroqulovlar Madaniyat MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdilar.
O‘rganishda Toshvilsuvta’minot MCHJ tomonidan ko‘p qavatli uylarga issiq suv va sovuq suv o‘tkazish bo‘yicha loyihalar tuzilib suv liniyalarini o‘tkazish rejaga kiritilganligi ma’lum bo‘ldi.