35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Ekspert guruhi xulosasi olindi

Ekspert guruhi xulosasi olindi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari 2026-yil 4-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasida qabul qilingan qarorlar bilan atroflicha tanishdilar.
Jarayonda mazkur qarorlarning tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirishdagi ahamiyati muhokama qilindi.
Ekspert guruhi a’zolari sessiya qarorlarining ijrosi yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish muhimligini alohida ta’kidladilar.                                                                               

Slide 1 of 1