Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati B.Abdullayev okrugi hududidagi Xonqa tumanining “Ahillik” mahallasida joylashgan Afsona ko‘chasining 1,2 kilometr qismiga asfalt yotqizilganligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📝 O‘rganish davomida:
Amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlarining sifati, belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi hamda yo‘lning foydalanishga tayyorlik holati ko‘zdan kechirildi;
Mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
💡 Mazkur ko‘chaga asfalt yotqizilishi aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda mahallaning obodonlashuviga xizmat qilmoqda.