Yangiliklar

Deputatlik nazorati

B.Gʻaniyev ko‘chasidan oqib o‘tuvchi tranzit ariq bilan bog‘liq murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Z.Domilayev, oʻrinbosari M.Abdurahmonova, shahar SEO va JSB mutaxassislari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Jarayon davomida ariqning holati, unda to‘planib qolgan chiqindilar va buning atrof-muhitga ta’siri atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, hudud aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, muammoning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.

O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan mazkur muammoni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 3