🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Baxramov hamda deputatlar A.Sadirov va E.Saidov tomonidan tumandagi Gulzarobod MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Ramazon Group” XKMCHJ korxonasi faoliyati o‘rganildi.
⚡️ O‘rganish jarayonida korxonada kunda 140 nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilayotgani, ishlab chiqarish jarayonlari yo‘lga qo‘yilgani e’tirof etildi. Shu bilan birga, korxona faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida umumiy qiymati 7 million AQSH dollariga teng investitsiya loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani qayd etildi.
✨Mazkur tashabbus nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirishga, balki aholi bandligini ta’minlash, hududda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ahamiyatlidir.