Uchrashuvlar davomida bolalar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bolalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tashriflar yosh avlodning kayfiyatini ko‘tarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.