Chilonzor tumanidagi “Zarqo'rg'on” mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna ishtirokida saylovchilar bilan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida deputat “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari bilan tanishdi. Uchrashuv davomida deputat Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasi mazmun-mohiyatini mahalla aholisi uchun sodda va tushunarli tilda izohlab berdi.