Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MA'RIFATGA CHORLOVCHI MUQADDAS DARGOH
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik tanlovi davom etmoqda
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi targ‘iboti
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi amalda
Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun sportning minifutbol turi hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kuboklari uchun musobaqalarga tantanali ravishda start berildi.

 Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun sportning minifutbol turi hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kuboklari uchun musobaqalarga tantanali ravishda start berildi. 

Mazkur sport tadbirlarining ochilish marosimida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Shavkat Darvishev, shuningdek, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda sport ishqibozlari ishtirok etishmoqda. 

Marosimda tuman hokimi so‘zga chiqib, ushbu musobaqalar jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilishini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi. 

Qayd etilishicha, musobaqalarda 54 ta minifutbol jamoasi hamda ellikka yaqin voleybol jamoalari ishtirok etmoqda. Ularda jami ming nafardan ortiq sportchi o‘z mahoratini sinab ko‘radi. 

@XD_deputatlar_dustlik_tuman  

Slide 1 of 14