Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi targ‘iboti
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi amalda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi targ‘iboti
янв.21
Murojaatnoma ijrosi — amaliy muloqotda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig‘ilishi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlari o'rganilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari targ‘iboti
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

“Beshqo‘rg‘on” va “Tirsakobod” mahallalarida aholi xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, ayniqsa voyaga yetmagan bolalar uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda mahalla hududlarida transport oqimini tartibga solish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

▶️Mazkur masala yuzasidan “Beshqo‘rg‘on” va “Tirsakobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi tomonidan okrug deputatiga tegishli murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarda hududda joylashgan sanoat zonalari bilan bog‘liq holda og‘ir yuk tashuvchi avtomobillarning tartibsiz qatnovi kuzatilayotgani qayd etilgan.

▶️Xususan, “Beshqo‘rg‘on” va “Tirsakobod” MFY hududidan o‘tuvchi Bunyod hamda Chorbog‘ ko‘chalari chorrahalarida transport harakatining keskin zichlashuvi kuzatilmoqda. Mazkur ko‘chalar mahalladagi asosiy va serqatnov yo‘llardan biri bo‘lib, ularning torligi hamda ikki tomonida turar joylar joylashganligi sababli qo‘shimcha xavf omillari yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, sanoat zonalariga qatnovchi yuk mashinalarining ushbu yo‘llardan muntazam foydalanishi tirbandliklarning kuchayishiga olib kelmoqda.

▶️Shuningdek, yo‘l chetlariga avtotransport vositalarining tartibsiz joylashtirilishi oqibatida, aslida uch qatorli harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan yo‘llarda faqat bitta qatorda qatnov amalga oshirilmoqda. Bu holat avtomobillarni o‘tkazish qobiliyatining pasayishiga, tirbandliklarning doimiy tus olishiga hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

▶️Bundan tashqari, og‘ir yuk tashuvchi avtomobillarning tartibsiz harakati yo‘l qoplamasining tez yemirilishiga, hududda sanitariya holatining yomonlashishiga, shovqin darajasining oshishiga hamda mahalla aholisining yashash sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlanmoqda. Mazkur holat piyodalar, ayniqsa maktab o‘quvchilari va voyaga yetmagan bolalar hayoti hamda sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tuman Kengashi deputati S. Imamov tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1