🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan “Navro'z” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ijtimoiy jamg‘arma mablag‘larida ko‘rsatilayotgan ko‘maklar, notinch oilalar bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar muhokama qilindi.