Joriy yilning 7-yanvar kuni Istiqlol mahallasida joylashgan 53-umumta’lim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targʻib qilish yuzasidan yig‘ilish boʻlib oʻtdi.
Yig‘ilishda xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi raisi A.Rasulov hamda Kengash deputati X.Sulaymonovlar so‘zga chiqib Prezidentimiz Murojaatnomasini atroflicha o‘rganishga alohida e’tibor qaratildilar. Xususan ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va tarbiyasini mustahkamlash borasida fikrlar bildirildi.