O‘zbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tumani Kengashi rais, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Umarxodjayeva joriy yil "Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning holati bilan tanishish uchun "Gʻalaba" mahallasida ekoinspektorlar, mahalla raisi va faollari bilan birgalikda jamoatchilik monitoring o‘tkazilib, hududda joylashgan ko‘p yillik daraxtlarni ahvoli ham o‘rganildi.
Unda keng jamoatchilik fikrini tinglab, o‘z fikr mulohazalarini bayon etildi, ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan yashil hududga ekilgan daraxtlarga shikast yetkazmaslik, ularni qarovsiz qoldirmaslik yuzasidan mahalla fuqarolariga tavsiya va tushinchalar berib o‘tildi.
O‘rganish davomida hududda joylashgan manzarali daraxtlar zararlanganligi oqibatida qurish holatiga kelganligi aniqlanib mutasaddi tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda kerakli yordam ko‘rsatildi.