Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bo‘ka tumanida “Ma’naviyat karvoni” doirasida targ‘ibot uchrashuvi
янв.21
MA'RIFATGA CHORLOVCHI MUQADDAS DARGOH
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik tanlovi davom etmoqda
янв.21
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi targ‘iboti
Uch avlod uchrashuvi

Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati T.Niyazov tashabbusi bilan “Yangihayot” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda keksa avlod vakillari, o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida nuroniylar yoshlarga milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va ezgu amallarga da’vat etuvchi fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Shuningdek, tadbirda so‘zga
chiqqanlar yoshlarni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol bo‘lishga, tabiatni asrash va atrof-muhitni toza saqlashda tashabbuskor bo‘lishga chorladilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh avlodni kattalar hayotiy tajribasidan bahramand etish, ulug‘larning nasihatlaridan ibrat olish va ota-bobolar an’analarini ulug‘lashdan iborat bo‘ldi. Tadbirda tashkil etilgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.
  

Slide 1 of 3