Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi targ‘iboti
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi amalda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi targ‘iboti
янв.21
Murojaatnoma ijrosi — amaliy muloqotda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig‘ilishi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlari o'rganilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari targ‘iboti
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targʻib qilish yuzasidan seminar
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
Quva tumani markaziy shifoxonasi va Turkravot mahallasidagi 9-son oilaviy poliklinikadagi qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi

 Quva tumani markaziy shifoxonasi va Turkravot mahallasidagi 9-son oilaviy poliklinikadagi
qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi
 

Quva tumanida aholi salomatligini
mustahkamlash va tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan
qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlarning doimiy e’tiboridadir.
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari tomonidan Quva tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir
kasalliklari markazida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan
ishlar holati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
 

Mazkur loyiha uchun davlat tomonidan
1,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot
“Ulug‘bek qizil Qaqir” MChJ tomonidan olib borilmoqda.
 

Deputatlar o‘rganish jarayonida
kasalxonaning tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari va bemorlar palatalarida bajarilgan
pardozlash ishlarida ko‘plab kamchilik va nuqsonlar borligini aniqlab, aniqlangan
kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilot mas’uliga bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
va aniq muddatlar berdilar.
 

Shu o‘rinda kasalxona mas’ullariga
ta’mirlash ishlariga yetarlicha e’tibor bilan qaramayotkanliklari yuzasidan e’tirozlarini
bildirdilar va tavsiyalar berdilar.
 

Shuningdek, deputatlar Turkravot
mahallasida joylashgan 9-son oilaviy poliklinikada “Mirzo Saodat” MChJ tomonidan
amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.
 

O‘rganish davomida binoda olib
borilayotgan pardozlash, injenerlik kommunikatsiyalari va fasad ishlari ko‘zdan
kechirilib, ayrim kamchiliklar bo‘yicha pudratchi tashkilot mutasaddilariga tegishli
tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 9