Samarqand shaharda Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
✅ Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi qarorida berilgan topshiriqga binoan, Xalq deputatlari viloyat, shahar kengashi deputatlari hamda shahar tegishli tashkilotlari bilan birgalikda Samarqand shahar ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
✅ Mazkur tashabbus doirasida deputat, shahar hokimligi mas’ullari, xalq ta’limi, sanitariya-epidemiologiya xizmati, moliya va boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tarkibi kelishib olindi.
✅ Mazkur ishchi guruhning maqsadi – ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tizimli yondashuv asosida samarali natijalarga erishishdir.
⚡️ @sam_vil_deputatlari