Jomboy tumanida autsorsing tizimini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
"Autsorsing tizimi"ni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilgan edi. Mazkur qaror asosida joriy yilning 6-oktabr kuni Jomboy tumanida ham autsorsing tizimini o‘rganish yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilishda tuman hokimligi, tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda avvalo autsorsing tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar, jumladan, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, davlat muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish va xizmatlar sifatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ishchi guruh a'zolari tomonidan ayni paytda tumandagi ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya kabi yo‘nalishlarda autsorsing asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganilmoqda. Uchrashuv davomida mavjud muammolar, ularni hal etish yo‘llari va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
@sam_vil_deputatlari