Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi targ‘iboti
янв.21
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi amalda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: inson qadri va farovonlik yo‘lidagi muhim qadam
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi targ‘iboti
янв.21
Murojaatnoma ijrosi — amaliy muloqotda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig‘ilishi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlari o'rganilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari targ‘iboti
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targʻib qilish yuzasidan seminar
янв.21
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda

Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda

 

Payariq tumanida xalq vakillari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish ishlari izchil davom etmoqda. Viloyat Kengashi deputati Zebiniso Yusupova "Do‘stlik" mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot qildi, muammo va takliflarni tingladi.

Mahallada 1049 ta xonadonda 5491 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 114 nafar ayol “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ular orasida Mamadaliyeva Manzura jigar sirroziga chalingani sabab yotoqda yotib qolgan, doimiy yordamga muhtoj. 

Deputat mazkur holatni o‘rganib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar belgiladi.

Mahallada 3 ta maktab va 4 ta uy bog‘chasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yangi davlat bog‘chasi esa sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi lozim edi. Biroq qurilish ishlari to‘liq yakunlanmagan. Bu boradagi ishlar xam deputat nazoratiga olindi.

Temirov Jaxongirning 2018 yilda tug‘ilgan farzandi nogironligi sabab uy sharoitida ta’lim olishi zarur. Uning masalasi ham deputat tomonidan o‘rganildi. Zebiniso Yusupova bu borada tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi bilan uchrashib, J.Temirovning farzandi ta’lim olishi uchun amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Deputatning ta’kidlashicha, aholining har bir murojaati muhim ahamiyatga ega. "Do‘stlik" mahallasida ijtimoiy yordamga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan bolalar ta’limi va bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarur.

Deputat Zebiniso Yusupova tashabbusi bilan aholi muammolari joyida o‘rganilib, ularga aniq yechim topish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa davlat va xalq vakillari o‘rtasidagi hamkorlik samarasi, islohotlar hayotga tatbiq etilayotganining yaqqol ifodasi bo‘lmoqda.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6