Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamda Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Kun tartibida Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputatlarining 2025-yil ikkinchi chorak yakuni bilan saylovchilarga axborot berish natijalari to‘g‘risida kotibiyat mudiri A.Nishonovning axboroti tinglandi va xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.