Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🚧 MAYDON QISHLOG‘IDAGI YO‘LNI ASFALTLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och–Qarabog‘” saylov okrugi deputati K.Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan Qarabog‘ mahallasining Maydon qishlog‘ida deputatlik nazorati olib borildi.

🔎 Nazorat tadbiri davomida Tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Maydon qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘lda amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

✅ Jarayonda yo‘lni asfaltlash ishlarining sifati, belgilangan talablarga rioya etilishi hamda aholining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur deputatlik nazoratidan ko‘zlangan maqsad — hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini nazorat qilish va aholi uchun qulay transport sharoitlarini ta’minlashdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5