Kiberxavfsizlikni ta’minlash, internet firibgarligining oldini olish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish maqsadida fuqarolarga «APK Qo‘riqchi» ilovasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Eslatma:
Ilovani faqat rasmiy va ishonchli manbadan o‘rnating.
Noma’lum havolalar orqali yuborilgan APK fayllarni yuklab olmang.
Shubhali ilovalarga SMS-kodlar, bank kartasi ma’lumotlari va boshqa shaxsiy axborotlarga kirish huquqini bermang.
Diqqat! Ilovani o‘rnatishdan oldin uning haqiqiyligi va xavfsizligini tekshiring. Faqat Play Marketda mavjudligi ham ilovaning to‘liq xavfsizligini kafolatlamaydi.