Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi qarori

Qarorga muvofiq, 2026-yil kuzgi mavsumida:

277,25 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish;

Tuman mahallalarining yashillik darajasini 15,8 foizga yetkazish;

2 ta mikroo‘rmon tashkil etish;

Bog‘ot va Feruz ko‘chalari bo‘ylab jami 1 km uzunlikda 2 ta “Soyali sayr ko‘chasi”ni barpo etish;

2 ta jamoatchilik bog‘ini tashkil etish;

“Mening bog‘im” loyihasi doirasida 0,3 gektar maydonda “Yashil bog‘” yaratish rejalashtirilgan.

Ekologik muhitni yaxshilash yo‘lida

Shuningdek, ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish va parvarishlash, mavjud yashil hududlarni xatlovdan o‘tkazish, kompostlash va mulchalash nuqtalarini tashkil etish, shox-shabbalarni maydalash texnikalarini joriy qilish hamda ekologik axborot ochiqligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Jamoatchilik nazorati va aholi ishtiroki muhim!

Kengash deputatlariga o‘z saylov okruglarida ekologik madaniyatni oshirish, ko‘chatlarni parvarishlash jarayonlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tavsiya etildi.

Yashil mahalla — obod hudud, sog‘lom hayot va kelajak avlod uchun munosib muhit!