Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputat_faoliyati

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Bayzakova tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida “O‘rikzor” mahallasining Abay-2 va Alpomish ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholining elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida Abay-2 ko‘chasidagi ayrim xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda elektr tarmoqlari uchun zarur beton tayanch ustunlari o‘rnatilmagani sababli elektr simlari uylarning tomlari orqali tortilgani ma’lum bo‘ldi.

♻️Shuningdek, Alpomish ko‘chasida foydalanib kelinayotgan eski aluminiy elektr simlarining texnik holati, mavjud elektr yuklamasiga bardoshliligi hamda ularni yangilash zarurati masalalariga e’tibor qaratildi.

♻️Deputat tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish, aholini barqaror va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tegishli elektr ta’minoti korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5