RAVON YO‘LLAR - OBOD MANZILLAR!
Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib borayotir.
Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.
Xususan, Navbahor mahallasida ham PQ-665-sonli qaror asosida ichki yo‘llarda asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda mazkur mahalla ichki yo‘liga tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan asfalt yotqizilib, loyiha bo‘yicha ishlar yakunlandi.
Endi ushbu mahallalar aholisi yanada tekis va ravon yo‘llarda harakatlanadi.