Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI

DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan kun tartibidagi masalalarni chuqur o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.

🔎 Ishchi guruh tomonidan:
💎 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori ijrosi;
💎 Doimiy komissiya faoliyatiga oid 24 ta tavsiya ijrosi holati o‘rganiladi.

👍 O‘rganishlar davomida qonunchilik hujjatlari ijrosi, mas’ul tashkilotlar faoliyati hamda deputatlar tomonidan belgilangan tavsiyalarning bajarilishiga e’tibor qaratiladi.

✅ Maqsad — mavjud holatni xolisona tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish.