Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #Mirshodi_MFY

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Yusuf Hakimov tomonidan “Mirshodi” mahalla fuqarolar yig‘inida amaliy o‘rganish va nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, “mahalla yettiligi” hamda hudud vakillari ishtirokida maxsus savolnoma asosida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid 162 ta qonun hamda Oliy Majlis Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiya ijrosining ta’minlanishi holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, uchrashuv mobaynida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni ijobiy hal etish hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3