Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Reabilitatsiya markazi qurilish ishlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi hududida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan reabilitatsiya markazi qurilish ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markaz binosidagi hovuzdan foydalanish uchun imkoniyati cheklangan fuqarolarning suvga tushishi va undan chiqishini ta’minlovchi maxsus lift o‘rnatilmaganligi, shuningdek, hovuz suvini tozalash uchun filtrlash uskunalari mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, reabilitatsiya markazida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda obyektning to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3