Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Ko‘p qavatli uy yerto‘lasida to‘planayotgan suv muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan Yangi davr mahallasi Yoshlar ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy yerto‘lasida suv to‘planishi bilan bog‘liq muammo joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur muammoni bartaraf etish, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Aniqlangan muammoni hal etish yuzasidan tegishli mas’ul rahbarlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 3