Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

24_ta_masala

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI O‘RGANILMOQDA
📍 Tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva Pitnak dehqon bozorida kundalik eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi.
🔎 O‘rganish davomida bozordagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, ularning aholiga maqbul bo‘lishi hamda savdo jarayonidagi mavjud holat tahlil qilinadi.
🤝 Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash holatini kuzatish, narxlar barqarorligini o‘rganish va aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash.
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!