Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

4-BAND IJROSI: AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

4-BAND IJROSI: AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

🏠 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

👍 O‘rganish davomida mahalla soliq inspektori Qiyomov Jahongir faoliyatiga ham e’tibor qaratilib, mahalladagi soliq tushumlari va mavjud qarzdorlik holati tahlil qilindi.

📊 Mahalladagi asosiy ko‘rsatkichlar:
♾Jami soliq qarzdorligi — 850 million so‘m;
♾ Soliq to‘lovchilar soni — 1 300 nafar;
♾ Kunlik soliq tushumlari rejasi — 9 million so‘m.

📍 O‘rganish jarayonida mavjud soliq qarzdorligini kamaytirish, kunlik tushumlar rejasining bajarilishini ta’minlash, soliq to‘lovchilari bilan manzilli ishlash hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida mahalladagi iqtisodiy holatni yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar bilan hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 1